Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda fojia: uch kishi vafot etdi

Samarqandda fojia: uch kishi vafot etdi

Samarqand. 2020 yilning 01 iyul kuni soat 12:00 da  Samarqand tumani Andijon mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095 kilometrida 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida “Malibu” avtomashinasining yo‘lovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A., lar olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:46 03.07.2020. O'qildi: 4946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!