Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda fojia: fuqaro va YPX xodimlari halok bo‘ldi

Samarqandda fojia: fuqaro va YPX xodimlari halok bo‘ldi


2022 yil 23 iyun kuni soat 00:30larda Samarqand viloyati Toyloq tumani «Charog‘bon» mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 7 km.da Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.Xursandov boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 021 NAA «Nekciya-2» rusumli avtomashina yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.P.ning boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 O 201 XA «Malibu» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Nekciya-2» rusumli avtomashinada bo‘lgan M.Xursandov, yo‘lovchilari Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 y.t. fuqaro SH.M.lar olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganlar.

«Nekciya-2» rusumli avtomashinaning qolgan yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 1992 y.t. A.I. va 1994 y.t. N.M. hamda «Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi A.P., yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 2005 y.t. A.M. va 2004 y.t. A.R.lar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 23 iyun kuni Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:18 24.06.2022. O'qildi: 9250 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!