Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda firibgar IIB xodimlariga 1000 dollar taklif qildi

Samarqandda firibgar IIB xodimlariga 1000 dollar taklif qildi

Bir muddat oldin Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro B. T. viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgandi. U o‘z arizasida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi F. R. ismli fuqaro tarkibida oltin moddasi bo‘lgan qumni fuqarolarga sotayotgani, bundan tashqari, Paxtachi tumani hududida joylashgan tog‘lardagi ruda toshlaridan olingan, temir va boshqa metallarning qorishmasidan quyilgan tangalarni ichida tilla bor deb, har bir gramini 400 ming so‘mdan sotib kelayotganligini ma’lum qilgan. Unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda "Postda" nashri yozmoqda.

Mazkur ariza asosida joriy yilning 6 fevral kuni Paxtachi tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Paroxon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F. R. og‘irligi 8,538 gramm bo‘lgan sariq rangli metalni tilla deb, 23 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Shunga ko‘ra pulning 100 AQSh dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u sotayotgan sariq metall tilla bo‘lmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Hammasi shundan keyin boshlangan. Firibgarligi fosh bo‘lib, paytavasiga qurt tushgan F. R. viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga kelib, tergov bo‘linmasi xodimi X. SH. va M. S.ga jinoyat ishini unga nisbatan bo‘lgan qismini o‘zining foydasiga ijobiy tomonga hal qilib berishini so‘raydi va buning evaziga 1000 AQSh dollari taklif qiladi. Lekin xodimlar qasamyodiga sodiq qolishdi va rahbariyatni holat yuzasidan o‘z vaqtida xabardor etishdi.

Samarqand viloyati IIV Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 4 avgust kuni maxsus tadbir o‘tkazildi. Shu kuni soat 19:00da fuqaro F.R. Samarqand temir yo‘l vokzali avtoturargohida 900 AQSh dollarini xodimga ishni hal qilish uchun pora sifatida bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand transport prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Endi u nafaqat firibgarligi, balki davlat xizmatchisiga pora bermoqchi bo‘lgani uchun ham javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 10:38 06.08.2020. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!