Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda energiya resurslari sohasida 43,6 mlrd so‘mlik qarzdorliklar undirildi

Samarqandda energiya resurslari sohasida 43,6 mlrd so‘mlik qarzdorliklar undirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlari asosida energiya resurslari hamda kommunal xizmatlar sohasidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan ijro harakatlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2026 yil boshidan buyon elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti korxonalari foydasiga jami 5 197 ta ijro hujjati bo‘yicha 74,1 mlrd so‘mlik ishlar tamomlandi. Natijada 3 555 ta ijro hujjati bo‘yicha 43,6 mlrd so‘m qarzdorliklar amalda undirilishi ta’minlandi.

Jumladan, elektr ta’minoti korxonalari foydasiga 1 684 ta ijro hujjati bo‘yicha 35,7 mlrd so‘mlik ishlar tamomlanib, 1 108 ta ijro hujjati asosida 24,6 mlrd so‘m qarzdorliklar amalda undirildi.

Shuningdek, tabiiy gaz ta’minoti korxonalari foydasiga 2 121 ta ijro hujjati bo‘yicha 22,9 mlrd so‘mlik ishlar tamomlanib, 1 445 ta ijro hujjati asosida 11,8 mlrd so‘m qarzdorliklar undirildi.

Ichimlik suvi ta’minoti korxonalari foydasiga esa 1 392 ta ijro hujjati bo‘yicha 15,5 mlrd so‘mlik ishlar tamomlanib, 1 002 ta ijro hujjati asosida 7,2 mlrd so‘m mablag‘ning amalda undirilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash, energiya resurslari va kommunal xizmatlar uchun qarzdorliklarni qisqartirish hamda undirishga qaratilgan ijro tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!