Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda elektr energiyasi o‘g‘risi qo‘lga tushdi

Samarqandda elektr energiyasi o‘g‘risi qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand tumanida "S.Z." fermer xo‘jaligining elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 394,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:53. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!