Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda avtobus va tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Samarqandda avtobus va tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Samarqand shahrida SHHT sammiti vaqtida qator yo‘llarda transport harkati cheklanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIBda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tezkor shtab tomonidan tegishli vazirlik va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgan.

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaning ta’kidlashicha, sammit o‘tkazilishi munosabati bilan 14–17 sentyabr kunlari Samarqand shahridagi yo‘llar to‘liq yopilmaydi, balki ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakatlanishi vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Viloyatlararo qatnovchi transport vositalariga esa cheklangan vaqt davomida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu jarayonda YPX xodimlari yo‘nalishni ko‘rsatib turadi.

Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning ma’lum qilishicha, 14–17 sentyabr kunlari shaharning Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, G-34, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohi Zinda, Usta Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy, Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan mazkur ko‘chalarda jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o‘rnatiladi

«Faqatgina 4, 7, 15, 24, 37, 74, 93 va 99 raqamli avtobus yo‘nalishlarida ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan holda aholiga jamoat transporti xizmati ko‘rsatiladi. Samarqand shahridagi qolgan 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo‘nalishlari, shuningdek, ikkita yo‘nalishda taksi xizmati vaqtincha to‘xtatiladi.
Shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida harakatlanayotgan transport vositalari shaharning tashqi halqa yo‘lida vaqtincha tashkil etilgan 8 ta YPX maskanlarigacha harakatlanishlari ko‘zda tutilgan», — deydi Navro‘z Ashurmatov.

Kiritildi: 07:30 08.09.2022. O'qildi: 2770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!