Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda 5 ta katta xum topildi

A A A
Samarqandda 5 ta katta xum topildi

Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.

Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Neapol universiteti ishtirokidagi xalqaro qo‘shma ekspedisiya o‘tkazildi.

Qazuv tadqiqot ishlari Pastdarg‘om tumani Chandir qishlog‘i “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan “Qo‘ytepa” arxeologiya yodgorligida olib borilmoqda.

Qazuv ishlari yodgorlikning shimoliy qismidagi uzun yo‘lagida yo‘lga qo‘yilgan.

“Tadqiqotchilar tomonidan yo‘lak bo‘ylab joylashgan 5 dona katta xum idishi borligi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu xumlardan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun foydalanilgan”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:12 30.09.2023. O'qildi: 3154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!