Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 4 nafar fuqaroning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqandda 4 nafar fuqaroning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Joriy yil 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri M.Shayxzoda MFY, Laxutiy ko‘chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlanib, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RSHTTYOIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari shahar IIB TB tomonidan olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, marhumlar ishlagan uyining egasi F.X. ichki ishlar organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi hamda xodimlarning o‘z xizmat barchini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatilganligi holati yuzasidan F.X.ga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 29 mart kungi qarori bilan F.X.ga MJtKning 194-moddasi va 195-moddasi bilan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 22:12 29.03.2021. O'qildi: 2859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!