Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 3 yoshli bola enaga qo‘lida og‘ir zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda

Samarqandda 3 yoshli bola enaga qo‘lida og‘ir zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumanida enaga qaramog‘ida qoldirilgan 3 yoshli bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Guvohlar va bolaning yaqinlari aytishicha, bolaning qo‘llari sim bilan bog‘langan, qizib turgan elektr plitaga o‘tqazilgan va tanasida ko‘plab kuyish hamda ko‘karish izlari aniqlangan. Shifokorlar bolaga og‘ir operasiya o‘tkazib, teri ko‘chirish amaliyotini bajargan.

Shifokorning ma’lum qilishicha, bola kuyishdan tashqari bir necha kun ovqatsiz qoldirilgan va ancha ozib ketgan. Hozir uning ahvoli qoniqarli.

⚠️ Bolalar ombudsmani ushbu holatni nazoratga olgan, Samarqand viloyati bo‘yicha vakili vaziyatni o‘rganmoqda.

❗️ Holat yuzasidan huquqiy baho berilishi va aybdorlar aniqlanib, qonun doirasida chora ko‘rilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:38 09.09.2026. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!