Samarqand shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSh dollariga sotishini va mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgan shaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Unutmang, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali shaffof va qonuniy tarzda amalga oshiriladi.