Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandagi maktabda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandagi maktabda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021 yilning 2 yanvar kuni, taxminan, soat 00:20 da Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo‘limiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 07:16 05.01.2021. O'qildi: 2448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!