Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Samarqand va Szyansu hamkorligi rivojlanadi

A A A
Samarqand va Szyansu hamkorligi rivojlanadi

Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasi gubernatori Syuy Kunlin boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi.

O‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ko‘hna Samarqandga kelgan mehmonlar dastlab viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, Erkinjon Turdimov hududlararo namunali yo‘l xaritasi tuzib, ikki davlat rahbarlariga taqdim etish bo‘yicha taklif bildirdi. O‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash , baliqchilik, ipakchilik, qishloq xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarish, tekstil sohasi qayd etildi. Shuningdek, farmasevtika, metallurgiya, raqamlashtirish sohalarida ham istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Szyansu ishbilarmonlariga Kattaqo‘rg‘on shahri va Kattaqo‘rg‘on tumanida barcha imkoniyatlar yaratilishi ma’lum qilindi.

O‘z navbatida Szyansu provinsiyasi gubernatori Syuy Kunlin samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, tashrifdan maqsad ikki tomon ishbilarmon doiralari uchun qulay biznes sharoitlarini yaratgan holda hamkorlikni mustahkamlashdan iborat ekanligini qayd etdi. Uchrashuvga ipakchilik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, savdo va sanoat sohalarida butun dunyoda o‘z o‘rniga ega yirik kompaniyalar vakillari bilan tashrif buyurganligi ta’kidlab, ushbu yo‘nalishlardagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati va Szyansu provinsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida memorandum imzolandi. Shuningdek, qurilish sohasi bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash, qurilish korxonalari kadrlarini malakasini oshirish, sohada olib borilayotgan ilmiy ishlarni bahirgalikda rivojlantirish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Nankin fan-texnika kasb-hunar instituti hamkorligida tashkil etilayotgan qo‘shma Chjenxe institutining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Samarqand va Szyansu ishbilarmon doiralarining B2B, G2B muloqotlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar davomida bir qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Syuy Kunlin boshchiligidagi delegasiya tashrif davomida Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, yurtimizning boy tarixi, madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.

Kiritildi: 06:32 24.09.2023. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!