Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqand va Jizzaxda olis hududdan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus yo‘lga qo‘yiladi

A A A
Samarqand va Jizzaxda olis hududdan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus yo‘lga qo‘yiladi

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovini autsorsing asosida tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarga davlat granti asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.

Bunda:

  • maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida katta tajribaga ega davlatlarning tajribasini o‘rganish;
  • eng yaxshi maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishi tizimiga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
  • “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida har yili 20 nafar maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilmoqda.
Kiritildi: 19:02 10.01.2025. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!