Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqand tumani hokimi qabuliga kelgan fuqaro nima uchun yig‘ladi?

Samarqand tumani hokimi qabuliga kelgan fuqaro nima uchun yig‘ladi?

Navbatdagi sayyor qabulda Xishrav mahallasidan kelgan Dilbaroy Olimova “6 oydan buyon qaynonam uy-joyiga egalik haqida qaror chiqartira olmayapti, o‘zlari esa kelolmaydi, salomatligi biroz og‘irlashgan”, deb yig‘lab yubordi. Bu haqda "zarnews.uz" yozmoqda.

D.Olimova tomonidan taqdim qilingan uy-joy hujjatlari shu yerning o‘zida ko‘rib chiqildi. U shuncha vaqt sarson bo‘lib yurgani uchun tegishli tashkilotlarning mutasaddilari ogohlantirildi. Barcha zarur hujjatlar tayyorlanib, uy-joyga egalik huquqini berish to‘g‘risida tuman hokimining qarori imzolandi.

- Mahallamizning yo‘li qishda loy, yozda chang bo‘lib ketadi, - dedi Pulimug‘ob mahallasida yashovchi Robiya Sulaymonova. – Mahallamiz ko‘chalariga ham asfalt yotqizilishidan umidvormiz. Ammo ayni kunda ko‘chalarimizga tosh-shag‘al yotqizilishiga yordam qiling.

Murojaat tezda o‘rganilib, shu kunning o‘zida mahalla ko‘chasiga tosh-shag‘al yotqizildi.

- Har bir murojaatning zamirida inson taqdiri bor, - dedi tuman hokimi N.Mavlonov. ­ Oila a’zolarimizga qanday munosabatda bo‘lsak, fuqarolarga ham shunday munosabatda bo‘lishimiz shart. Shuning uchun aholining hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Qabulda fuqarolar tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, moddiy yordam, yer ajratish masalalari yuzasidan 45 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Ularning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlariga aniq muddat belgilanib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish choralari ko‘rildi.

Kiritildi: 12:05 17.10.2019. O'qildi: 2469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!