Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqand rasmiylari qotillikni tan oldi

Samarqand rasmiylari qotillikni tan oldi

Samarqand viloyati rasmiylari hayvonlarni yoppasiga o‘ldirganliklari haqidagi faktni tan oldilar. Bu haqda hokimlikning telegrammdagi kanalida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, itlarni o‘ldirgan shaxs Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakili bo‘lgan.

Bu haqda ushbu jinoyat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ommaga e’lon qilindi.

Hokimlik xabarida aytilishcha, so‘nggi vaqtlarda Samarqand shahrida egasiz daydi itlar tomonidan fuqarolarga jarohat yetkazish holatlari ko‘paygani tufayli, bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamda obodonlashtirish boshqarmasining it tutish brigadasi hamkorligida ishchi guruh tuzilgan va ular avgust oyi oxirlarida xonadonma-xonadon yurib, itlarni ro‘yxatga olganlar.

Ishchi guruh tomonidan daydi itlar xo‘rak berib yo‘qotilgan. Biroq guruh a’zolaridan biri aholi xonadonidagi itga ham xo‘rak berayotgani aniqlangan.

"Aslida ishchi guruhga bunday topshiriq berilmagan. Shunday bo‘lsa-da, xodim ko‘rsatmaga amal qilmasdan, o‘zboshimchalik bilan harakat qilgan. Mazkur holat uchun unga qonun doirasida chora ko‘riladi", - deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 11:37 04.09.2019. O'qildi: 3688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!