Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 1 apreldan masofaviy ta’lim joriy etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 1 apreldan masofaviy ta’lim joriy etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2020 yil 1 apreldan boshlab talabalar uchun masofaviy ta’lim asosida o‘qishlar tashkil qilinmoqda.

Masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishni tashkil etish maqsadida kafedralar kesimida malakali dasturchi-muhandis, axborot texnologiyalari kompetentligiga ega malakali professor-o‘qituvchi va o‘quv-uslubiy bzlim hamkorligida ishchi guruhlar shaklllantirilgan bo‘lib, ular shu yo‘nalishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib bormoqda.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim platformasi sifatida Moodle LMS va institut rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilmoqda. Tasdiqlangan reja-grafiklar asosida fanlarning elektron o‘quv resurslari ishlab chiqiladi hamda masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirib boriladi.

Masofaviy faoliyat professor-o‘qituvchilar tomonidan maxsus reja va dastur, grafik asosida (uyida o‘tirgan holda) bajariladi.

Alisher ERNAZAROV,

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri

Kiritildi: 13:10 01.04.2020. O'qildi: 1845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!