Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Salomatlik uchun qay biri foydaliroq — hayvon yog‘imi yoki o‘simlik moyi?

Salomatlik uchun qay biri foydaliroq — hayvon yog‘imi yoki o‘simlik moyi?

Yog‘lar inson tanasi uchun xuddi uglevod va oqsil kabi juda zarur. Biroq ayrim yog‘ turlari borki, ular iste’molini cheklash ko‘plab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tabiiy yog‘lar asosan 2 xil bo‘ladi:

To‘yingan (hayvon yog‘lari);

To‘yinmagan (o‘simlik moylari).

To‘yingan yog‘lar (xona haroratida erimaydigan) go‘sht, sut, sariyog‘ tarkibida bo‘lib, organizmga ma’lum darajada foydasi bor. Ammo ularni me’yordan ortiq iste’mol qilish qon tarkibida yog‘ miqdorining oshishi va turli kasalliklar kelish chiqishiga olib keladi.

Salomatlik uchun foydali bo‘lgan, ya’ni to‘yinmagan yog‘lar dengiz balig‘i va turli o‘simlik moylarida uchraydi. Ular qatoriga Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari kiradi.

Omega-3 asosan dengiz balig‘i, zig‘ir urug‘i va yong‘oq tarkibida ko‘p bo‘ladi. Omega-6 yog‘ kislotalari esa kungaboqar va makkajo‘xori moylarida mavjud. Shuningdek, ushbu yog‘ kislotalari soya, zaytun moyi, avokado kabi mahsulotlar tarkibida ham saqlanadi.

Bundan tashqari, boshqa yong‘oqsimonlar, yeryong‘oq, pista, bodom, sedana va qovoq urug‘ida ham foydali yog‘lar bo‘lib, ularni iste’mol qilish sog‘lik uchun juda foydali.

Unutmang! Tuz qo‘shilgan yong‘oq, pista va shunga o‘xshash mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi!

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: 09:00 22.04.2024. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!