Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Salkam 300 millionga yaqin pulni o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Salkam 300 millionga yaqin pulni o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 81 nafar fuqaroni tikuvchilik faoliyati bo‘yicha maxsus kursda o‘qitish uchun “S.” MCHJga ajratilgan 282,4 mln so‘mni, jamiyat rahbari va tuman “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” mas’ul shaxslari amalda malaka oshirmagan fuqarolar nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departament matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 1 va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:50 26.02.2021. O'qildi: 2192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!