Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Salimboy va Baxti Tashkentskiyning marg‘ilonlik yordamchisi ushlandi

Salimboy va Baxti Tashkentskiyning marg‘ilonlik yordamchisi ushlandi

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida Baxti Tashkentskiy va Salim Abduvaliyevlarning sherigi Abdullo Egamberdiyev qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

U IIB tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Abdullo Egamberdiyev 2022-2023 yillarda "qonundagi o‘g‘ri" Baxtiyor Qudratullayev va Salim Abduvaliyevlar bilan yaqin aloqa o‘rnatgan va Marg‘ilon shahrini norasmiy "nazorat qilish"ga uringan.

U avval ham JKning 166-moddasi bilan sudlangan. Hozirda Egamberdiyevga Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abduvaliyev sud hukmi bilan 6 yilga qamaldi, Baxti Tashkentskiy ustidan sud davom etmoqda.

Kiritildi: 08:50 23.06.2024. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!