Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sakkiz nafar go‘dakning o‘limida ayblanayotgan hamshira hibsga olindi!

Sakkiz nafar go‘dakning o‘limida ayblanayotgan hamshira hibsga olindi!

Britaniyaning Chester shahrida sakkizta yangi tug‘ilgan go‘dakni o‘ldirishda va o‘nta qotillikka urinishda ayblanayotgan hamshira hibsga olindi. Bu haqda Sky News telekanali huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib xabar berdi.

Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Chester kasalxonasi xodimi Lyusi Letbi 10 noyabr kuni hibsga olingan. U 2015 yil iyunidan 2016 yil iyunigacha kasalxonaning neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar) bo‘limida bolalarda o‘lim va baxtsiz hodisalar ketma-ketligini tergov qilish jarayonida ayblangan.

Ayol hozirda hibsda va 12 noyabrda sud oldida javob beradi.

Avvalroq, 2018 yil 3 iyul kuni Letbi Chester kasalxonasining neonatal bo‘limida 17 bolaning o‘limi bo‘yicha tergov doirasida polisiya tomonidan hibsga olingan edi. Unga nisbatan ayblov e’lon qilindi va keyin garov evaziga qo‘yib yuborildi. Ta’kidlanishicha, hamshira tergov bilan hamkorlik qilgan. Keyinchalik, Angliyaning Cheshir grafligi polisiyasi ayolni yana uchta bolani o‘ldirishda aybladi.

Tekshiruv 2017 yil may oyida boshlangan, dastlab tergovchilar 2015 yil iyunidan 2016 yil iyunigacha bo‘lgan davrda klinikada 15 nafar bola qanday vafot etganini aniqlashga urinishgan. Keyinchalik, polisiya yana o‘sha davrda sodir bo‘lgan yana olti tug‘ilmagan chaqaloqlar bilan sodir bo‘lgan baxtiz hodisalar (homila tushishi) holatlari bilan qiziqdi.

Kiritildi: 11:23 12.11.2020. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!