Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Xorazmdagi jirkanch hodisa yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi

Saida Mirziyoyeva Xorazmdagi jirkanch hodisa yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi

Xabaringiz bor, Xorazmda amaldorlarning mehribonlik uyidagi voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqa qilgani va buning uchun arzimagan jazo olgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Saida Mirziyoyeva bu holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

"Xorazmda yuz bergan fojia jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo‘shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirlidir.

Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e’tibor qaratib, sinchiklab o‘rganishni va huquqiy baho berishni so‘rayman.

Biz mavjud qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish, turli “lazeyka”larni yopish, oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishimiz zarur. Mazkur qonun loyihasi ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan".

Kiritildi: 20:19 01.04.2023. O'qildi: 5747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!