Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva taqdim etgan film yuzasidan jinoyat ishi ochilganmi?

Saida Mirziyoyeva taqdim etgan film yuzasidan jinoyat ishi ochilganmi?

Joriy yilning 9 oktyabr kuni bir qator ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh prokuratura Saida Mirziyoyeva taqdim etgan «Mendirman Jaloliddin» filmi yuzasidan jinoyat ishi ochgan” degan sarlavhali maqola e’lon qilingan.

"O‘zbekkino" milliy agentligi shu bo‘yicha rasmiy bayonot berdi, demoqda "human.uz".

"Maqolada keltirilgan jinoyat ishiga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari S.Mirziyoyevaning mutlaqo aloqasi yo‘q bo‘lib, tarqatilgan ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Agentlikning avvalgi bayonotida so‘nggi vaqtlarda shunga o‘xshash noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlarni xorijiy va mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab tarqatilayotgani aytilgan edi. Shu bilan birga, Agentlik ma’lum qiladiki, ushbu jinoyat ishi aynan «Mendirman Jaloliddin» filmiga nisbatan ochilgan emas. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Agentlik OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan ushbu tekshirilmagan axborotni noo‘rin talqin qilmaslikni so‘raydi. Chunki bu tergov jarayonlariga bosim o‘tkazish yoki ta’sir ko‘rsatishga urinish, deya baholanishi mumkin" deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 21:36 10.10.2020. O'qildi: 12331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!