Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi

Forum Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan masala — iqlim muammolarini muhokama qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi nufuzi oshib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Assambleya doirasida Eco Expo Central Asia-2026 ko‘rgazmasi tashkil etilib, uning maydonida «yashil» loyihalar uchun 80 mln dollar miqdoridagi grantlar hamda 520 mln dollardan ziyod investisiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Endi asosiy vazifa tabiatni asrab-avaylash yo‘lidagi ushbu tashabbuslarni amaliyotga izchil tatbiq etishdan iborat. Ayni vaqtda ikkala tadbirda dunyoning 180 ta mamlakatidan jami 8 yarim mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi

Oliy martabali mehmon Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishi marosimida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.

Muloqot davomida tashkilot bilan milliy yadro energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadroviy tibbiyotni rivojlantirish va soha uchun kadrlar tayyorlash borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:11 04.06.2026. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!