Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi

Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi

O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva, Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan, 2020 yilgi Butunjahon ayollar forumida qatnashadi.

Forum 16-17 fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadi. Unga taklif etilganlar orasida AQShning birinchi xonimi Ivanka Tramp, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.

Ikki kunlik anjumanda 87ta davlatdan jami 3 mingdan ortiq delegat qatnashishi kutilyapti. 60dan ziyod vorkshop va sessiyalarda turli mavzular muhokama qilinadi.

Jumladan, Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qiladi.

 

Kiritildi: 17:24 14.02.2020. O'qildi: 1975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!