Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sahroi Kabirda toshqin yuz berdi

A A A
Sahroi Kabirda toshqin yuz berdi

Jazoirning Sahroi Kabirda joylashgan Tamanrasset provinsiyasida kuchli suv toshqini yuz berdi. Bu haqda Islam-today sayti xabar berdi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, kutilmagan ob-havo falokati oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Bir nafari esa bedarak yo‘qolgan.

Suv toshqinlari uzoq muddatli sel oqibatida yuzaga keldi, natijada kuchli oqim qishloqlarni oqizib ketdi, besh kishi va ikki nafar yosh bola vafot etdi.

Fojia bilan kurashish maqsadida Jazoir Ichki ishlar vazirligi mazkur hodisadan jabrlanganlar uchun mamlakatning janubiy qismida maxsus qo‘mita tashkil etdi.

Mamlakatning janubiy cho‘l hududlarida uzoq vaqt davomida nonormal ob-havo harorati saqlanib qolayotgani qayd etildi. Iyul oyining oxirida havo harorati 50 darajadan yuqori bo‘lgan bo‘lib, bir necha kun davom etgan. Avgust oyining dastlabki kunlarida esa yog‘ingarchilik boshlangan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:16 09.08.2018. O'qildi: 1780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik