Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ryutte NATOning yangi mudofaa tashabbuslarini taqdim etdi

 Ryutte NATOning yangi mudofaa tashabbuslarini taqdim etdi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Anqarada NATO Mudofaa sanoati forumini (NSDIF26) rasman ochdi. Bu Shimoliy Atlantika alyansi tarixida ilk bor sammit dasturiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritilgan shunday yuqori darajadagi tadbir bo‘ldi.

ATO Congresium kongress markazida so‘zga chiqqan Ryutte ittifoqchilarni moliyaviy va’dalar bilan cheklanmasdan, haqiqiy transatlantik harbiy-sanoat salohiyatini shakllantirishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, forum doirasida umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan mudofaa shartnomalari va kelishuvlari yakunlanadi. Bu nafaqat Alyansning tiyib turish salohiyatini mustahkamlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlaydi, balki Atlantika okeanining har ikki sohilida yuz minglab ish o‘rinlarini saqlab qolishga ham xizmat qiladi.

Forum ochilishida Mark Ryutte logistika va strategik kuzatuv sohasida Alyansning qo‘shma imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan uchta asosiy mudofaa tashabbusini taqdim etdi.

Birinchi dastur Airbus A400M transport samolyotlari va Airbus A330 MRTT havoda yoqilg‘i quyish samolyotlari flotini modernizasiya qilish hamda kengaytirishni nazarda tutadi.

Ikkinchi loyiha keng dengiz hududlarida uzluksiz razvedka olib borish uchun MQ-4C Triton uchuvchisiz uchish apparatlarini birgalikda xarid qilishni o‘z ichiga oladi.

Uchinchi muhim tashabbus esa AQShning eskirayotgan AWACS uzoq masofali radiolokasion kuzatuv samolyotlarini 10 ta zamonaviy Shvesiyada ishlab chiqarilgan Saab GlobalEye kuzatuv samolyoti bilan almashtirishdan iborat.

Forum doirasidagi vazirlar sessiyalarida ta’minot zanjirlarini diversifikasiya qilish va muhim xomashyo masalasida Xitoyga qaramlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi. NATOning yangi tashabbusi litiy, kobalt va yuqori texnologiyali qurol-yarog‘ hamda aloqa tizimlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan noyob yer metallarini birgalikda xarid qilish va strategik zaxiralarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Ryutte ushbu o‘zgarishlarda Turkiyaning mudofaa sanoati muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, u Yevropa ittifoqchilari va Kanadaning jamoaviy xavfsizlik ehtiyojlari uchun yalpi ichki mahsulotining 5 foizigacha mablag‘ ajratish bo‘yicha tarixiy majburiyatni bajarish yo‘lida sezilarli natijalarga erishayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 21:06 07.07.2026. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!