Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi? Shtab a’zosi javobi

Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi? Shtab a’zosi javobi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kovid-shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob qaytardi.

«Ro‘za tutishda belgilangan talab va amallarni o‘rganib chiqsak, imkon qadar bemor odam o‘z salomatligini og‘irlashtirmasligi uchun ayrim kasalliklarda ro‘za tutmasliklari tavsiya etiladi.

Bunday holatlarda, emlash jarayoniga taklif etilgan bo‘lsangiz va shifokor ko‘ruvida kasallikning o‘tkir holati yoki avj olgan davri kechayotgani ayon bo‘lsa, bu fuqarolar emlanmaydilar.

Salomatlik ko‘rsatkichlari me’yorida bo‘lib, o‘zini sog‘lom deb his qilgan fuqaro ro‘zador bo‘lib, emlashga taklif etilgan bo‘lsa, shifokor uning holatini o‘rganib chiqib, xulosa qiladi.

Bunda fuqaro salomatligi sog‘lom deb baholanib, emlash tavsiya etilgan bo‘lsa, unda emlashdan keyingi davrda — shifokor bilan bog‘lanib turishlari kerak. Sababi turli insonlar organizmining vaksinaga reaksiyasi turli xil bo‘ladi. Shu bois, emlash olganlar shifokor tavsiyalarini bajarishlari talab etiladi», deydi Sevara Ubaydullayeva.

Kiritildi: 18:20 14.04.2021. O'qildi: 2170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!