O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
"Sof.uz"ning xabar berishicha, ushbu farmondan keyin Prezident administrasiyaning 21 nafar rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha hujjat qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Rustam Inoyatov Rasulevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 1995 yil 27 iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi bo‘lib kelgan Rustam Inoyatov joriy yil 31 yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi.