Boltiqbo‘yi mamlakatlari Yevropa Ittifoqi Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolarining chegarani kesib o‘tishlari uchun jiddiy cheklovlar (ba’zi istisnolardan tashqari) bo‘yicha kelishuvga erishdi, dedi Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevich.
Istisnolar oilaviy sabablarga ko‘ra sayohat, gumanitar sabablar, diplomatik sayohat va yuklarni tashish bo‘ladi.
Qarorlar milliy hukumatlar tomonidan milliy tartiblarga muvofiq qabul qilinadi va bir vaqtning o‘zida kuchga kiradi.
Shu bilan birga, Finlyandiya Yevrokomissiyaning tegishli qarori qabul qilinmaguncha rossiyalik sayyohlarning kirishini cheklamasligini bildirdi.