Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ruminiyada MiG-21 qiruvchisi halokatga uchradi

A A A
Ruminiyada MiG-21 qiruvchisi halokatga uchradi

Vazirlik bayonotida aytilishicha, 7 iyul, shanba kuni Feteshtdagi 86-harbiy bazadan havoga ko‘tarilgan MiG Lanser samolyoti taxminan soat 13:30-larda havo bazasidan 10 km shimolda qulab tushgan. Hozirda uchuvchining ahvoli, u halokatdan oldin samolyotni tark etishga ulgurgani yo ulgurmagani noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, halokat bazada o‘tkazilayotgan harbiy ko‘rgazma amaliyotlari vaqtida yuz bergan. Havo bazasi rahbariyati favqulodda holatlar rejasini amalda qo‘llab ko‘rayotgan bo‘lgan.

«Birinchi navbatda samolyotni boshqargan uchuvchi haqida o‘ylamoqdamiz, uning holatini bilishimiz kerak. To‘la mas’uliyatni zimmamga olgan holda aytishim mumkinki, Ruminiya harbiy-havo kuchlari uchuvchi apparatlari to‘liq soz holatda», - dedi mamlakat mudofaa vaziri Mixay Fifor Romania TV`dagi chiqishi vaqtida.

Voqea yuzasidan taftish o‘tkazish uchun Ruminiya mudofaa vazirligi qoshida maxsus komissiya tuzilgan.

Qayd etish joiz, bundan bir yil avval ham Ruminiyaning xuddi shu rusumdagi qiruvchi samolyoti mashg‘ulotlar vaqtida halokatga uchragandi. O‘shanda samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgurgan, biroq umurtqasidan jarohat olgandi.

Manba: kun.uz
 

Kiritildi: 20:30 07.07.2018. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik