"17 oktyabr oqshomida noma’lum uchuvchi jism Ruminiya havo chegarasini kesib o‘tib, mamlakat hududining 14 km ichkarisiga kirib bordi", deb xabar berdi NATO. Ruminiya harbiy-havo kuchlarining ikkita F-16 qiruvchisi va Shimoliy Atlantika alyansi havo kuzatuv xizmatining yana ikkita Ispaniya F-18 samolyoti havoga ko‘tarildi. Havo hujumi haqida ogohlantirish signallari berildi va mahalliy aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.
20 daqiqadan so‘ng uchar ob’ekt radardan g‘oyib bo‘ldi. NATO'ning fikricha, bu Rossiyaning nazoratdan chiqib ketgan uchuvchisiz samolyoti bo‘lishi mumkin. Biroq, qiruvchi samolyot uchuvchilari buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishmadi va taxmin qilingan dronning qoldiqlari hali topilmadi.
Alyans bosh kotibi Mark Ryutte Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ruminiya hukumati va NATO'ning Yevropadagi kuchlari qo‘mondonligi holat yuzasidan tezkor va samarali harakat qilganini ta’kidladi.