Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rubio Trampning ehtimoliy vorislari orasida tilga olinmoqda

Rubio Trampning ehtimoliy vorislari orasida tilga olinmoqda

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampning ehtimoliy vorisi sifatida muhokama qilinmoqda. Emerson College so‘roviga ko‘ra, respublikachilar praymerizida ishtirok etish niyatida bo‘lgan saylovchilarning 36 foizi Rubioni qo‘llab-quvvatlagan. Vise-prezident Jey Di Vens nomzodini esa 20 foiz ishtirokchi ma’qullagan.

Avvalroq Trampning siyosiy harakatidagi ehtimoliy voris sifatida asosan Vens tilga olinar edi.

So‘nggi paytlarda Donald Tramp ham Rubioni tez-tez maqtamoqda. Filippinda bo‘lib o‘tgan ASEAN sammiti chog‘ida u suhbatdoshlariga murojaat qilib: «Marko sizlarga qanday? U o‘z ishini ajoyib bajarmayaptimi?» — deya savol bergan.

Qayd etish joizki, 2016 yilda Rubio respublikachilardan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun Tramp bilan raqobatlashganida, Tramp uni masxaraomuz tarzda «Kichkina Marko» deb atagan edi.

Ayni paytda Vensning siyosiy faoliyatida ham ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Oraliq saylovlarda respublikachilar mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, u partiyaning muvaffaqiyatsizligini Trampning Eronga qarshi urushi bilan bog‘lagan. Bu esa prezident atrofidagi ayrim shaxslarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Shundan keyin Vens Eron bilan keyingi muzokaralardan chetlashtirilib, unga AQSh ichida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi yuklatilgan.

Bunday vaziyatda respublikachilarning bir qismi Rubioni 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga chaqirmoqda. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, uning saylovlarda qatnashish ehtimoli haqidagi muhokamalar kuchaygan. Biroq Rubioning o‘zi hozircha 2028 yilgi saylovlar haqida ochiq gapirishdan bosh tortmoqda.

Kiritildi: 20:56 21.11.2026. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik