Ruandada Marburg virusining 36 ta holati aniqlangan, ulardan 11 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
"Hozirda mamlakatning 30 ta tumanidan yettitasida 36 ta tasdiqlangan holat, jumladan, 11 tasi o‘lim holati qayd etilgan”, dedi u.
JSST rahbarining qo‘shimcha qilishicha, 25 nafar bemor izolyasiya qilingan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ular bilan aloqada bo‘lgan 300 kishi kuzatilmoqda.
Shu hafta boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ruandada halokatli Marburg virusi tarqalishi xavfini milliy darajada juda yuqori deb baholadi.