Bugun 17 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning Xarkovdagi muvaffaqiyatsizligi tahlil qilindi

Rossiyaning Xarkovdagi muvaffaqiyatsizligi tahlil qilindi

Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining ta’kidlashicha, Rossiya hujum operasiyalarining muddatidan oldin boshlanishi Rossiyaning Xarkov viloyati shimolidagi muvaffaqiyatiga putur etkazdi.

Tahlilchilar rus qo‘shinlari Xarkov viloyati shimolida cheklangan kuchlar bilan hujum operasiyasini boshlaganini va u yerda hali sezilarli zaxiralarni joylashtirmaganini, bu esa Rossiyaning oldinga siljishi va hujum harakatlarining sekinlashishiga olib kelganini ta’kidlamoqda.

«Bu sekinlashuv Ukraina kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirish uchun taktik imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin, ammo ukraina qo‘shinlari Rossiya kuchlarini Xarkov viloyatining shimolidan butunlay chiqarib yuborishga qaratilgan cheklangan qarshi hujum operasiyasini o‘tkazmayapti», — deyiladi xabarda.

10 may kuni hujum amaliyotlari boshlanganda Shimoliy kuchlar guruhi chegara hududida 35 mingga yaqin askarga ega bo‘lgan, Ukraina manbalari esa Rossiya harbiylari hududda 50 mingdan 70 minggacha askarni jamlash niyatida ekanini bildirgan.

Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari AQSh harbiy yordami kelguniga qadar o‘z o‘rnini egallashga umid qilib, shaxsiy tarkibi yetarli bo‘lmagan holda Xarkov viloyati shimolida muddatidan oldin hujum boshlagan bo‘lishi mumkin, bu vazifani yanada qiyinlashtiradi.

Shu sababli, ISW sharhida ta’kidlanishicha, Rossiya hujum operasiyalarining muddatidan oldin boshlanishi Rossiyaning Xarkov viloyati shimolidagi muvaffaqiyatiga putur yetkazgan.

Kiritildi: 15:35 26.05.2024. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!