Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyaning urushda halok bo‘lgan harbiylari soni yangi yollanganlar soni bilan deyarli teng

Rossiyaning urushda halok bo‘lgan harbiylari soni yangi yollanganlar soni bilan deyarli teng

Rossiyaning urushda halok bo‘lgan harbiylari soni yangi yollanganlar soni bilan deyarli teng — Bloomberg.

Bir qator Yevropa davlatlari so‘nggi haftalarda Rossiyaning urushda halok bo‘lgan askarlari soni keskin oshganini bildirmoqda.

Manbalarning aytishicha, halok bo‘lganlar soni yangi safarbar etilayotgan askarlar soniga deyarli teng bo‘lib qolgan. Bu esa Kreml uchun safarbarlik e’lon qilmasdan turib yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirishni qiyinlashtirmoqda.

Yo‘qotishlar oshishining sabablaridan biri sifatida dronlardan samaraliroq foydalanilayotgani ko‘rsatilmoqda.

Ayrim Yevropa davlatlari hukumatlarining fikricha, uchuvchisiz apparatlar zarbalari endilikda jarohatlanish emas, balki ko‘proq, o‘lim bilan yakunlanmoqda.

AQShdagi CSIS (Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi) bahosiga ko‘ra, Rossiya 2022 yil fevralidan buyon jami 1,2 milliongacha odamni yo‘qotgan, shundan 325 ming nafari halok bo‘lgan. BBC rus xizmati va “Mediazona” nashri ochiq manbalar asosida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqin davomida halok bo‘lgan 165 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsini aniqlagan.

Kreml CSIS hisob-kitoblariga izoh berishdan bosh tortib, savolni Rossiya Mudofaa vazirligiga yo‘naltirgan. Vazirlik esa jang maydonidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot e’lon qilmaydi.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!