Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Ufa shahridagi maktabda o‘quvchi straykbol avtomati bilan otishma uyushtirdi

Rossiyaning Ufa shahridagi maktabda o‘quvchi straykbol avtomati bilan otishma uyushtirdi

“TASS”ning Boshqirdiston IIVga tayanib xabar berishicha, to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi Ufadagi gimnaziyaga pnevmatik avtomat bilan kelib, o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshini o‘qqa tutgan.

"Bugun ertalab 9-sinf o‘quvchisi Ufadagi 16-gimnaziyada straykbol avtomatidan o‘q uzdi. Jabrlanganlar yo‘q. O‘smir allaqachon qo‘lga olingan. Vaziyat nazorat ostida, tafsilotlarni aniqlashtirmoqdamiz," — deb yozdi Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Telegram-kanalida.

IIV xabarida aytilishicha, o‘quvchi nafaqat o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshiga qarata bir nechta o‘q uzgan, balki petarda ham portlatgan.

Kiritildi: 14:35 03.02.2026. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!