Rossiyaning "Maks" milliy platformasi endi o‘zbek tilida ham ishlay boshladi. Ilova interfeysida o‘zbek tilini tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Platformada O‘zbekistonning +998 kodli telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati avvaldan mavjud. O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish 2025 yil noyabrida ochilgan.
Shuningdek, ilova interfeysi rus, ingliz, ispan hamda portugal tilining Braziliya variantida mavjud.
"Maks"da hozir MDH davlatlari bilan bir qatorda Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasining jami 40 ta mamlakati telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.
Platforma 2025 yil mart oyida taqdim etilgan. U orqali matnli xabarlar yuborish, ovozli va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, fayllar almashish, kanal va guruhlardan foydalanish mumkin.
Platforma Rossiyada pul o‘tkazmalari, raqamli ID hamda davlat axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan xizmatlarni ham taqdim etadi.
Kiritildi: 12:34 19.08.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.