Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning Lvovga zarbasi NATO'ga signalmi?

Rossiyaning Lvovga zarbasi NATO'ga signalmi?

Rossiyaning Lvovga “Oreshnik” bilan bergan zarbasi NATO'ga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish signalidir, dedi alyans bosh kotibi.

"O‘tgan hafta Lvovga “Oreshnik” raketa tizimi bilan zarba berilganini ko‘rdik. Rossiya bizni Ukrainaga yordam berishdan qaytarishga urinmoqda, ammo biz bundan voz kechmaymiz. Ayrim ittifoqchilar, jumladan Vengriya, AQSh va boshqa bir qator davlatlar Ukrainaning NATO'ga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga qarshi ekanligini yoki buning maqsadga muvofiqligiga shubha bilan qarashyotganini bilamiz.

Ukraina qahraton qish oylarida katta bosimni boshdan kechirayotgan bir paytda, sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va barcha NATO ittifoqchilarining qo‘llab-quvvatlashi har qachongidan ham kuchliroq. Ukraina xavfsizligi - bu bizning xavfsizligimiz", — dedi Mark Ryutte.

Kiritildi: 21:57 12.01.2026. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!