Ukraina Harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, Rossiya shanbaga o‘tar kechasi Ukrainadagi nishonlarga 67 ta uchuvchisiz uchoq uchirdi, bu esa 11 mintaqada, jumladan, poytaxt Kiyevda havodan ogohlantirishlarga sabab bo‘ldi.
Unda aytilishicha, dronlardan 58 tasi urib tushirilgan, yana uchtasi elektron qurol tizimlari yordamida yo‘q qilingan.
Bir dron qoldiqlari Ukraina parlamenti – Oliy Rada oldidagi ko‘chada suratga olindi. Ukraina parlamenti matbuot xizmati qurbonlar va parlament binosida vayrona bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Havo hujumlari Rossiya kuchlarining bir hafta davom etgan yirik dron va raketa hujumlari seriyasidir, jumladan seshanba kuni Poltava shahridagi harbiy akademiya va gospitalga uyushtirilgan hujumda 55 kishi halok bo‘lgan va yana 328 kishi yaralangan.
Chorshanba kuni g‘arbiy Lvov shahrida, front chizig‘idan uzoqda sodir bo‘lgan navbatdagi hujumda yetti kishi, jumladan, ona va uning uch qizi halok bo‘ldi.