Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyani iqlim falokati kutyaptimi?

Rossiyani iqlim falokati kutyaptimi?

Norvegiyaning Tromsesidagi dengiz tadqiqotlari instituti olimlari Barens dengizi shimoliy qismida tez va keskin iqlim o‘zgarishlarini aniqlashdi. Ularning fikricha, bu mintaqa arktik iqlim belgilarini yo‘qotyapti va tez vaqt ichida atlantik iqlim tizimining bir qismiga aylanishi mumkin. Ularning xulosalari Natural Climate Change ilmiy jurnalida e’lon qilingan.

"Kun" nashrining yozishicha, Barens dengiziga turli iqlim sharoitlariga ega ikki mintaqa kiradi. Shimolda iqlim sovuq, uning ekotizimi muz qatlami bilan bog‘liq, janubda esa nisbatan yumshoq atlantik sharoitlar bor. Bunday farq dengizning janubiy qismiga Atlantika tuzli iliq suvi, shimolga esa Arktika chuchuk sovuq suvlar kirib kelayotgani tufayli yuzaga keldi. Olimlarning kuzatuviga ko‘ra, sovuq suvlar yil sayin atlantik suvlar bosimi tufayli shimolga qarab ko‘proq harakatlanmoqda.

Olimlarning hisoblashicha, bu jarayonda Barens dengiziga muzlar erishi tufayli kelayotgan chuchuk suv miqdorining asta-sekin pasayishi sababli suv qatlamlari stratifikasiyasining buzilishi katta o‘rin tutadi. Normal iqlim jarayonida muz qatlami eriydi va okean yuzasi sovuq chuchuk suvni oladi, u kelasi qishda yangi muz qatlamini keltirib chiqaradi.

Agarda, sovuq suv yetarli bo‘lmasa, stratifikasiya buzila boshlaydi. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, chuchuk suv miqdorining kamayishi shunga olib keldiki, Arktikada «qaynoq iz» paydo bo‘ldi, u Barens dengizi ekotizimiga juda falokatli ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ta’kidlashicha, bu jarayon ortga qaytarib bo‘lmasdir.

Kiritildi: 08:45 28.06.2018. O'qildi: 1384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!