Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyaliklar dunyodagi eng xunuk millatlar ro‘yxatidan o‘rin oldi

Rossiyaliklar dunyodagi eng xunuk millatlar ro‘yxatidan o‘rin oldi

Beautiful People tanishuvlar saytining foydalanuvchilari dunyodagi eng xunuk aholiga ega mamlakatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Daryo.uz .

Mazkur platforma faqat chiroyli insonlar uchun deb nomlanadi. Yangi nomzod ro‘yxatdan o‘tgan eski foydalanuvchilar ruxsati bilangina resursdan foydalana oladi. Xohlovchilar ariza topshiri lozim va u 48 soat davomida ko‘rib chiqiladi. Agarda foydalanuvchilar nomzodni chiroyli deb topmasa, so‘rov bekor qilinadi.

Beautiful People 2002 yilda yaratilgan va hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab 8,5 million odamga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat bermagan. Ayni vaqtda saytdan bir milliondan ortiq odam foydalanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan ko‘proq Buyuk Britaniya aholisi o‘ta olmagan. Britanlar jahon arenasida tishlarining xunukligi bilan mashhur. Saytning ijrochi direktori Greg Xojning hisoblashicha, britaniyaliklarning asosiy muammosi o‘zlarining tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratmasligi va erinchoqligi.

Shuningdek, sayt tomonidan Rossiya, Polsha, Hindiston va Filippin erkaklari ham xunuk lar qatoriga qo‘shilgan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 20:30 16.05.2019. O'qildi: 4145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!