Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyalik xonanda Glyukozaning hisob-raqami soliq organi tomonidan bloklandi

Rossiyalik xonanda Glyukozaning hisob-raqami soliq organi tomonidan bloklandi

Rossiya federal soliq xizmati (FSX) Glyukoza taxallusi bilan tanilgan xonanda Natalya Chistyakova-Ionovaning hisob-raqamlarini blokladi. Bu haqda Rossiya OAVsi xabar bermoqda.

"REN TV" ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi soliq idoralaridan deyarli 263 ming rubl qarz bo‘lgan.

Belgilanganidek, hisoblarni muzlatib qo‘yish Glyukozaning Krasnoyarskdagi konsertidan bir necha kun o‘tgach sodir bo‘lgan.

Avvalroq, 20 iyul kuni Glyukoza Krasnoyarskdagi konsertda tomoshabinlarni lol qoldirgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvli video tarqalgach, foydalanuvchilar uning Instagram sahifasida unga tom ma’noda hujum qilishdi. Shundan so‘ng qo‘shiqchi o‘zining shov-shuvli chiqishini tushuntirib, muxlislaridan uzr so‘radi.

Kiritildi: 23:14 24.07.2024. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!