Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi 2021 yil yozigacha tugashini aytdi

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi 2021 yil yozigacha tugashini aytdi

Rossiyadagi epidemiologik vaziyat 2021 yil yozida barqarorlashadi. «RBK»ning yozishicha, bu fikrni «Parlamenskaya gazeta»ga bergan intervyusida Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazining yashirin infeksiyalar mikrobiologiyasi bo‘limining sobiq rahbari, professor, virusolog Viktor Zuyev bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, kelasi yilning iyul oyida virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning sezilarli darajada yaxshilanishini kuzatish mumkin.

«Pnevmotrop viruslar issiqlikdan qo‘rqadi. Kasallikni kamaytirishga, shuningdek, niqob rejimini kuchaytirish va emlashlar yordam beradi», — deb hisoblaydi virusolog.

Bundan tashqari, Zuyev Rossiyada koronavirusga chalinganlar sonining ortgani va virusning alomatlarsiz tashuvchilari soni ko‘payganligini,  bu immunitetga ega qatlam ortishiga yordam berishini ta’kidlagan. Shuningdek, COVID-19 infeksiyasi mutasiyaga uchrashi mumkinligini ham bildirgan.

«Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Uning keng tarqalishini hisobga olgan holda u o‘zgarishlarga uchraydi. Qaysi tomongaligini aytish qiyin. Xayol qilmaslik kerak, lekin bunga doim tayyor turish lozim. Keyinchalik hech kim kutmagan vaziyatga tushib qolgandan ko‘ra, yomon narsani gumon qilish yaxshiroq», — degan ekspert.

Avvalroq «Rospotrebnadzor» Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Gorelov  Rossiyada mart oyigacha koronavirus bilan kasallanishlar soni kamayishini taxmin qilgandi.

Kiritildi: 14:07 26.10.2020. O'qildi: 2154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!