Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik o‘qituvchi ayol Qozon gimnaziyasidagi otishmadan o‘quvchilarini qanday saqlab qolganini aytdi

Rossiyalik o‘qituvchi ayol Qozon gimnaziyasidagi otishmadan o‘quvchilarini qanday saqlab qolganini aytdi

Otishma bo‘lgan Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyaning birinchi sinf o‘qituvchisi Endje Gayazova "Biz derazadan sakrab o‘tamiz" degan so‘zlardan keyin bolalarni qanday qutqarganini tasvirlab berdi. Uning hikoyasi RIA Novosti tomonidan nashr etilgan.

Gayazova ikki o‘q ovozini eshitganini va nima bo‘layotganini ko‘rish uchun tashqariga chiqmoqchi bo‘lganini ta’kidladi. Ammo direktor hammadan eshiklarni yopishni va ofisdan chiqmaslikni so‘ragan.

"Bolalar qo‘rqib mening oldimga yugurishdi, men qanday qilib bilmayman, lekin ularga qarab jilmayib, bolalar, endi biz derazadan sakrab chiqamiz, dedim. Tez orada bolalar sakrab tushishdi va men ularning orqasidan bordim", dedi Gayazova. Uning sinf o‘quvchilari jarohat olishmadi, faqat ikkitasida ko‘karishlar borligi aniqlandi.

Voqea guvohi vafot etgan hamkasbi Venera Ayzatova haqida ham gapirib berdi. O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, u nima sodir bo‘layotganini ko‘rish uchun birinchi o‘q ovozidan so‘ng xonadan chiqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyada otishma 11 may kuni ertalab sodir bo‘ldi. Maktabning sobiq o‘quvchisi, 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev maktabga kelib, o‘t ochgan. Natijada to‘qqiz kishi vafot etdi, 20 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Bolalar derazadan sakrab qochishga harakat qilishdi. So‘roq paytida Galyaviyev o‘zini xudo sifatida anglaganini aytdi. Hodisa yuzasidan ommaviy qotillik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Galyaviyev hibsga olingan.

Kiritildi: 20:43 13.05.2021. O'qildi: 3333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!