Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyalik sportchi Putinga "qirollarga xos" sovg‘a berishni va’da berdi

A A A
Rossiyalik sportchi Putinga "qirollarga xos" sovg‘a berishni va’da berdi

Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi, sportchi-paralimpiyachi Sergey Burlakov Rossiya prezidentiga "qirollik sovg‘asi" - ingliz mastif kuchukchasini berishga va’da berdi.

Suhbat davomida Putin sportchidan kuchukchani qanday ovqatlantirishni so‘radi, chunki itlar bora-bora kattalashishadi. Burlakov bu zot juda qadimgi ekanligini ta’kidladi. Bunga javoban Putin ushbu itlarning qadimda nima bilan shug‘ullanganligiga qiziqib, spotchidan "Saroylarni qo‘riqlashganmi?" deb so‘radi.

Bunga javoban sportchi mastik kuchukchalar shohlarga sovg‘a sifatida tuhfa etilganligini ma’lum qildi. Putin bunday sovg‘a uchun oldindan minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 20:45 13.02.2020. O'qildi: 2673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!