Sverdlovsk viloyatida qotillikda gumon qilingan deputat hibsga olingan.
Sverdlovsk viloyati Artyomovsk shahar okrugining deputati Gennadiy Vinogradov va uning o‘g‘li Roman qotillikda gumon qilinib hibsga olingan, deb xabar beradi Ura.ru xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib.
Unga ko‘ra, deputat va uning 40 yoshli o‘g‘li 2003 yilda sodir etilgan qotillikda ayblanmoqda. Ushbu ish bo‘yicha tergov 18 yil davom etdi, ammo tafsilotlar endi oshkor bo‘ldi.
Hibsga olinganlar kelasi ikki oyni tergov izolyatorida o‘tkazadilar, deya aniqlik kiritdi portal.
"Yagona Rossiya" partiyasining Sverdlovsk bo‘limi kotibi Viktor Sheptiyning aytishicha, Vinogradovning partiyadagi a’zoligi sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatilgan.