Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik ayol jurnalist Fransiya polisiyasi tomonidan kaltaklandi (video)

Rossiyalik ayol jurnalist Fransiya polisiyasi tomonidan kaltaklandi (video)

Rossiyalik RIA Novosti muxbiri Viktoriya Ivanova Parijda o‘tkazilgan ommaviy namoyish vaqtida o‘sha hududda o‘z jurnalistlik vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Holat muhrlangan videotasvirlarda polisiyaning o‘z ish quroli bilan jurnalistga zarba berayotganini ko‘rish mumkin. Muxbirning bosh miya chayqalishi va yengil jarohatlar olgani aytilmoqda.

Jurnalist polisiya harakatlari ustidan Fransiya bosh milliy polisiya inspeksiyasiga murojaat qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi zudlik bilan Fransiya hukumatini ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazishga chaqirgan.

Kiritildi: 10:37 06.05.2019. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!