Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyaga aloqador “Silin” xakerlar guruhi britaniyalik shifokorlar foydalanadigan ma’lumotlar bazasini buzib kirishgan bo‘lishi mumkin — The Guardian

Rossiyaga aloqador “Silin” xakerlar guruhi britaniyalik shifokorlar foydalanadigan ma’lumotlar bazasini buzib kirishgan bo‘lishi mumkin — The Guardian

Xakerlar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining taxminan 300 million fayliga kirishni to‘sib qo‘ygan va 50 million dollar to‘lashni talab qilmoqda. Xakerlar o‘z bayonotida Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganligi uchun qirollikdan o‘ch olayotganliklarini aytishgan.

Kiber tovlamachilar buzib kirgan Synnovis tizimi davlat va xususiy tibbiy amaliyotlari uchun laboratoriya va diagnostika xizmatlarini taqdim etadi. Sinovlar natijalari, shu jumladan OIV va onkologiya bo‘yicha natijalar jinoyatchilar qo‘liga tushdi. The Guardian nashrining yozishicha, Synnovis to‘lovni to‘lashdan bosh tortgan. Bunga javoban “Silin” bemorlarning ma’lumotlari bo‘lgan 104 faylni internetda e’lon qildi.

Tizimning bloklanishi natijasida Britaniyadagi kasalxonalar deyarli 1,600 ga yaqin shoshilinch tibbiy amslaliyotlarni kechiktirishga majbur bo‘lishdi.

Kiritildi: 13:05 22.06.2024. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!