2026 yilning 1 choragida rossiyaliklar orasida qo‘shni mamlakatlarga sayohatlarga bo‘lgan talab sezilarli oshdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Sayyohlik sanoati ittifoqi (RST).
"Xususan, O‘zbekistonga 89% ga, Gruziyaga 41,7%, Armaniston 35%ga, Qozog‘istonga 33%ga o‘sdi", - deyiladi Chegara xizmati ma’lumotlariga asoslangan xabarda.
Ayniqsa Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashuvdan so‘ng qo‘shni mamlakatlarga qiziqish sezilarli ortgan. Bunga vizasiz kirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar borligi va til bo‘yicha to‘siq yo‘qligi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda, deyiladi xabarda.