Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rossiya Federasiyasidan olib kelinayotgan narkotik modda to‘xtatib qolindi.
Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozog‘iston Respublikasidan kirib kelgan, Buxoro shahrida yashovchi, 2000 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lada Largus” avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada avtomashina yukxonasida bo‘lgan “Gazel” rusumli transport vositasi uchun mo‘ljallangan uzatmalar qutisi (korobka peredach) ichida xufiyona tarzda yashirilgan, 5 dona o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 2 kg 300 grammni tashkil qiluvchi “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
🚛Aniqlanishicha, “O‘zbekiston – Rossiya” yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi mazkur fuqaro ushbu avtoehtiyot qismni Toshkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan shaxsga yetkazishi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda buyurtmani qabul qilib olgan vaqtida u ham qo‘lga olindi.
⚖️Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
🕵️♂️Tergov harakatlari olib borilmoqda.